ONSIDE | Futbol yangiliklari

9-maydan boshlab Bundesliga o'yinlari davom ettirilishi mumkin

59 20.04.2020 23:32

Germaniya futbol ligasi bosh direktori Kristian Zayfertning aytishicha, Bundesliga bahslarini 9-may sanasidan muxlislarsiz boshlash mumkin.


“Shifokorlar va ekspertlar guruhi futbolchilar mashg‘ulotidan tortib o‘yin kuni bo‘ladigan barcha jarayonlar uchun kontsepsiya ishlab chiqishgan. Bu faqat maydonda emas, maydon tashqarisida kechayotgan jarayonlarga ham taalluqli.


Bahslarni muxlislarsiz o‘tkazilishi haqida gapiradigan bo‘lsam, albatta ishqibozlarsiz bu holat biroz qiziqarsiz tuyulishi mumkin. Ammo iqtisodiy tomondan bu eng to‘g‘ri yo‘l. Ko‘plab jamoalar saqlab qolinadi.


Barchani sabr qilishga chaqiraman. Payshanba kuni bu masalada klub vakillari bilan maslahatlashamiz”, dedi Zayfert.