20.04.2020 23:32
59
"Manchester Siti" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Serxio Aguero koronavirus pandemiyasi vaqtidagi karantinda yangi ishga qo‘l urdi.
BBC'ning yozishicha, Buyuk Britaniyada ham karantin sabab maktablar yopilgani bois, BBC telekanali tashabbusi bilan mashhurlar ishtirokida maktab yoshdagi bolalar uchun TV-darslar o‘tilmoqda. Xususan, argentinalik hujumchi 20-aprel kunidan boshlab BBC telekanali taklifi bilan ispan tilidan dars bera boshladi. Futbolchi ikki hafta davomida ispan tilidan ta’lim berishi belgilangan.
"Bolalar va ularning ota-onalari uchun ham oson bo‘lmagan hozirgi vaqtda o‘quvchilarning uydan chiqmay tahsil olishi muhim. BBC bu borada katta hajmdagi ishlarni olib bormoqda. Bunday loyihada ishtirok etayotganimdan faxrlanaman", - deydi Serxio Aguero.