ONSIDE | Futbol yangiliklari

CIES: Xorijda 28 nafar o'zbekistonlik futbolchi to'p surmoqda

878 20.04.2020 19:03

CIES futbol observatoriyasining yangi hisob-kitoblariga ko'ra, ayni paytda 28 nafar o‘zbekistonlik futbolchi legioner sanaladi. Bu Osiyo bo‘yicha beshinchi ko‘rsatkichdir. 1-o‘rindagi Yaponiyaning 161 futbolchisi xorijda o‘ynaydi. Keyingi o‘rinlarni Avstraliya (124), Janubiy Koreya (121), Xitoy (29) va Eron (28) egallab turibdi.


Qayd qilish joizki, o‘zbekistonlik legionerlarning 75 foizi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning yuqori ligalarida to‘p tepmoqda.


Dunyo bo‘yicha futbol «eksportchi»larining uchligiga Braziliya (1600 futbolchi), Fransiya (1027) va Argentina (972) kiradi. O‘zbekiston 80-o‘rinda.


Afrikada eng yuqori ko‘rsatkichga Nigeriya ega – 399 futbolchi.