20.04.2020 23:32
59
Opta nashri Ispaniya chempionati joriy mavsumining eng yaxshi driblyorlari reytingini tuzdi.
"Atletiko" yarim himoyachisi Tomas Partey 81,8 foiz ko‘rsatkich bilan birinchi bo‘ldi. Kuchli uchlikka "Vilyarreal" futbolchisi Andre Zambo-Angissa (81,1 foiz) va "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong (74,5 foiz) ham kirdi.
"Ko‘k-anorranglilar" hujumchisi Lionel Messi reytingda 67,3 foiz ko‘rsatkich bilan to‘rtinchi bo‘ldi.
