ONSIDE | Futbol yangiliklari

FOTO. Son Hyong Min harbiy xizmatda nimalar bilan band?

1050 20.04.2020 16:31

Xabaringiz bor, "Tottenhem" hujumchisi Son Hyong Min Janubiy Koreya armiyasining o‘quv-mashg‘ulot bazasiga yo'l olgan edi.


27 yoshli futbolchi 2018-yili Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqish orqali mamlakat qonunchilida ko‘zda tutilgan ikki yillik majburiy xizmatdan qutulib qolgan edi.


Buning o‘rniga Son uch hafta davomida o‘q-dorilar, yadroviy, biologik va kimyoviy qurollar bilan mashqlar o‘tkaziladigan harbiy lagerda bo‘ladi. Sonni shuningdek 30 kilometrlik yugurish mashqlari ham kutmoqda.